00:52 / 25.06.2024
163

Yevropa Ittifoqi Vengriyani chetlab o‘tib, Ukrainaga yordamning birinchi transhini ma’qulladi

Yevropa Ittifoqi Vengriyani chetlab o‘tib, Ukrainaga yordamning birinchi transhini ma’qulladi
Foto: AP
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan olingan 1,4 milliard yevro miqdoridagi harbiy yordamning birinchi transhini ma’qulladi. Bu haqda BBC yozdi.

Pul Ukrainaga yordam fondi (UAF) orqali Kiyevga yuboriladi. Avvalroq, Vengriya pul transhini bloklab qo‘ygan edi. Biroq Yevropa Kengashining yuridik xizmati Budapesht yil boshida jamg‘arma yaratish bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolgani uchun to‘lovlarni to‘xtata olmasligini ma’lum qildi.

Yevropa Ittifoqi rasmiylarining aytishicha, Vengriya vetosini chetlab o‘tish mumkin, chunki fondga Yevropa soliq to‘lovchilaridan mablag‘ tushmaydi. Bundan tashqari, bugungi qaror bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashni talab qilmaydi, shuning uchun Vengriya buni xohlasa ham to‘sib qo‘ya olmas edi.

Reuters xabariga ko‘ra, Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto yig‘ilishda kam gapirgan, lekin ijtimoiy tarmoqda «baland ovozda chiqish qilib», boshqa hukumatlarni urush jazavasida va go‘yo o‘z xalqining irodasini e’tiborsiz qoldirganlikda ayblagan.

Siyyartoning ta’kidlashicha, Vengriya Yevropa Ittifoqi qarori ustidan shikoyat qilishning qonuniy imkoniyatlarini o‘rganish niyatida.

Vengriya Ukraina uchun sotib olingan qurollarga kompensatsiya sifatida UAF tomonidan 6,6 milliard yevro to‘lashni hamon bloklashda davom etmoqda.

Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha foizlardan tushgan pul, oldingi xarajatlarni qoplash uchun emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol sotib olish uchun ishlatiladi. Bu miqdorning to‘rtdan bir qismi Ukraina harbiy korxonalaridan xaridlarga sarflanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Vengriyani chetlab o‘tib, Ukrainaga yordamning birinchi transhini ma’qulladi