10:42 / 26.06.2024
181

Shimoliy Koreya ishlab chiqqan yangi gipertovushli raketa harbiy sinov paytida portlab ketdi

Shimoliy Koreya ishlab chiqqan yangi gipertovushli raketa harbiy sinov paytida portlab ketdi
Arxiv foto: independent.co.uk
Shimoliy Koreya ishlab chiqqan yangi gipertovushli raketa 26 iyun kuni harbiy sinov paytida havoda portlab ketgan. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylari shtabi tarqatgan ma’lumotga asoslanib, Reuters ma’lum qildi.

Manbada aytilishicha, Pxenyan harbiylari chorshanba kuni mamlakat g‘arbida yangi harbiy-o‘quv mashqlarini amalga oshirgan. Mamlakat arsenaliga yaqinda kiritilgan gipertovushli raketalar markaziy poligondan havoga uchirilgan.

Janubiy Koreya harbiylari raketa Pxenyan yaqinidan uchirilganligini ma’lum qilgan. Yaponiya Mudofaa vazirligi esa u taxminan 100 kilometr balandlikka ko‘tarilgani va 200 kilometrdan dan oshiq masofaga uchganini bildirgan.

Raketa parvoz davomida mamlakat sharqida portlab ketgan. Uning havodayoq ishdan chiqishi Janubiy Koreya tomonidan boshqaruv tizimi yaxshi tuzib chiqilmagani bilan izohlangan.

Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiyaning yuqori martabali rasmiylari telefon orqali muloqot qilib, raketaning uchirilishini BMT Xavfsizlik Kengashining ko‘plab rezolyutsiyalarini buzish hamda mintaqa va undan tashqarida tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid sifatida qoralagan. Provokatsion harakatlarga qarshi birgalikda harakat qilishga kelishilgan.

AQSHning Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi so‘nggi raketa uchirilishini qoralagan va Pxenyanni noqonuniy hamda beqarorlashtiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya ishlab chiqqan yangi gipertovushli raketa harbiy sinov paytida portlab ketdi
ePN