14:20 / 26.06.2024
104

Yevropa sudi Rossiyani Qrimda inson huquqlarini buzishda aybdor deb topdi

Yevropa sudi Rossiyani Qrimda inson huquqlarini buzishda aybdor deb topdi
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi 25 iyun kuni Rossiyani Qrimda inson huquqlarini buzishda aybdor deb topgan rezolyutsiya e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy bayonotiga asoslanib, Reuters xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Rossiya 2014 yilda Qrim anneksiyasi paytida va undan keyingi davrda yarimorolda inson huquqlarining o‘tkir darajada buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Milliy ozchilik manfaatlarini inobatga olmagan.

Sudning qarori Rossiya Qrimni bosib olganidan keyingi yillarda Ukraina hukumati tomonidan topshirilgan shikoyatlardan kelib chiqib tayyorlangan. Shikoyatlarda yarimorol hududida ukrain aholisi va tiliga nisbatan repressiv siyosat yuritilgani aytilgan.

Ukrainaning ta’kidlashicha, Rossiya Qrimda yuritgan siyosat oqibatida muxolif shaxslarning ko‘pchiligi “g‘oyib bo‘lgan, yangi boshqaruvga qarshi chiqqanlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lingan, ular noqonuniy tarzda hibsga olingan.

Qrim aholisiga Rossiya fuqaroligidan voz kechishda cheklovlar joriy qilingan. Ukrain tilidagi ommaviy axborot vositalari va bu tilda faoliyat yurituvchi maktablar yopilgan.

Rossiya ,shuningdek, anneksiya qilingan yarimorolda keng miqyosdagi “repressiya dasturi” amalga oshirishda ayblangan. Ukraina tarafida bo‘lgan yoki unga xayrixoh fikr bildirgan har qanday shaxs uydirma ayblovlar bilan qamalgan. Ularning mulklari tintuv qilingan yoki o‘zlashtirilgan.

Yevropa sudi bir ovozdan Rossiyani Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining 11 ta moddasini buzganlikda aybdor deb topgan. Ular orasida yashash huquqi, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalani taqiqlash, erkinlik va xavfsizlik huquqi, adolatli sud muhokamasi huquqi, shaxsiy va oilaviy hayotni hurmat qilish huquqi, din erkinligi huquqi, so‘z erkinligi, namoyish erkinligi kabi huquqlarni o‘z ichiga olgan bandlar bor.

Sud, shuningdek, Rossiya Yevropa konvensiyasining uchta protokolini: mulkni himoya qilish, ta’lim olish huquqi va harakatlanish erkinligini buzgan deb topgan. Bu ayblovga asos bo‘ladigan yetarlicha dalillar borligi keltirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa sudi Rossiyani Qrimda inson huquqlarini buzishda aybdor deb topdi
ePN