Foto: Wikipedia
AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris demokratlarning Oq uy prezidenti Jo Baydenning saylovoldi birinchi debatida mag‘lubiyati haqidagi xavotirlarini bostirishga urindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Baydenning munozaralar chog‘idagi sust harakatlari va to‘xtab-to‘xtab javob berishlari saylovchilarning uning yana to‘rt yillik prezidentlik muddatini egallashga yaroqsizligi haqidagi xavotirlarini kuchaytirdi va demokratlarda 5 noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida boshqa nomzodni ilgari surish fikrini tug‘dirdi.
“Prezidentlik poygasi natijalari iyun oyining bir kechasida hal etilmaydi. Ularni siz, biz hal qilamiz. Keyingi yil Oq uyni kim boshqarishini kelgusi 130 kun ichida birgalikdagi harakatlarimiz belgilaydi. Va nihoyat, bu saylov oldidan hammani bir savol qiynamoqda: biz qanday mamlakatda yashashni xohlaymiz — erkinlik, adolat va qonun ustuvor mamlakatdami yoki tartibsizlik, qo‘rquv va nafrat mamlakatida?” — dedi Xarris. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi