21:16 / 02.07.2024
219

O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb qilinadi

O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb qilinadi
Ftoo: aviav.ru
O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda dastlab ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashildi.

Tadbir yakunida esa kelgusidagi ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb qilinadi