date
views 218

Isroil “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonini o‘ldirdi

Isroil “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonini o‘ldirdi
Foto: “Hizbulloh” matbuot xizmati
Isroil armiyasi Livanning janubiy hududlariga bergan zarbasi chog‘ida “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonlaridan biri Muhammad Nosirni yo‘q qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Marhum Livanning janubi-g‘arbiy qismidan Isroilni o‘qqa tutgan bo‘linma qo‘mondoni bo‘lgan. U “Hizbulloh”ning chegaradagi ayrim operatsiyalari uchun mas’ul bo‘lgan. Muhammad Nosir iyun oyida Isroil hujumida halok bo‘lgan oliy qo‘mondon Taleb Abdulla bilan bir xil daraja va ahamiyatga ega edi.

Isroil harbiylari o‘z bayonotida Nosir va Abdulla “Hizbulloh”ning Livan janubidagi eng ko‘zga ko‘ringan jangchilaridan biri bo‘lganini” ta’kidlagan. “Hizbulloh”ning yuqori lavozimli siyosatchisi Hasan Fadlallaning aytishicha, Nosir nishonga olinishini bilgan, ammo to‘qqiz oy davomida jang maydonini tark etmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonini o‘ldirdi