Foto: caliber.az
Iroq qarshilik kuchlari “Hizbulloh” va Isroil urushi ro‘y bergan taqdirda, yahudiylar mamlakatiga qarshi urushga kirishini e’lon qildi. Bu haqda harakat matbuot kotibi bergan bayonotga asoslanib, Al Arabiya xabar berdi.
Iroqdagi “Islomiy qarshilik harakati” guruhi Isroilni Yaqin Sharqda yangi keskinlik yaratish oqibatlaridan ogohlantirgan. “Hizbulloh”ga qarshi har qanday agressiya uchun Tel-Avivga u kutmagan tarzda javob qaytarilishi aytilgan.
Iroq qarshilik guruhining ismi oshkor qilinmagan qo‘mondoni AFP nashriga maxsus intervyu bergan. Unda guruhning Isroilga tahdidlari quruq gap emas, balki amaliy ahamiyatga ega ekanligi aytilgan.
Qarshilik guruhi Livan “Hizbulloh”i harbiy rahbariyati tarkibiga allaqachon harbiy mutaxassislar va maslahatchilar yuborganini iddao qilgan. Bayrutda guruh uchun ochilgan idora harbiy urush rejasini ishlab chiqishda qatnashayotgani bildirilgan.
Iroqlik siyosatshunos Ali al-Baydar “Islomiy qarshilik guruhi” va Isroil qarama-qarshiligi reallikka yaqin bo‘lishi mumkinligi aytgan. Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida yirik urush yuzaga kelsa, u Yaqin Sharq bo‘ylab cho‘zilishi, harbiy harakatlarga birinchilardan bo‘lib Iroqdagi qarshilik guruhlari qo‘shilishi taxmin qilingan. Bu guruhlar esa noma’lum xorijiy yetkazuvchilar ta’minoti ortidan hozirda katta harbiy-texnik salohiyatga ega. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi