00:01 / 05.07.2024
121

Amerikalik siyosatchi: “Demokratlar Baydenni almashtirish ehtimolini emas, balki yo‘llarini muhokama qilmoqda”

Amerikalik siyosatchi: “Demokratlar Baydenni almashtirish ehtimolini emas, balki yo‘llarini muhokama qilmoqda”
Foto: AP
Qo‘shma Shtatlardagi demokratlar Baydenni almashtirish ehtimolini emas, balki usulini muhokama qilmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq rahbari Barak Obamaning maslahatchisi Van Jons xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yopiq eshiklar ortida demokratlar orasida “keng ko‘lamli vahima” mavjud. Odamlar bir-birlariga huquqiy ma’lumotlarni uzatmoqda. Jonsning ta’kidlashicha, Demokratik partiya a’zolari shu tariqa qanday imkoniyatlar mavjudligini tushunishga harakat qilmoqda.

"Qanday qilib Baydenni o‘rnini bosish mumkin? Qanday qilib uni hurmat qilishlarini his qilgan tarzda buni qilishga ko‘ndirish mumkin? U marraga yetib bormasligi mumkin", — dedi Van Jons CNN telekanalida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Bayden almashtirilsa, AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris qanday lavozimni egallashi masalasi muhokama qilinmoqda. Jons demokratlarning ommaviy bayonotlari sahna ortidagi bayonotlardan farq qilishini qo‘shimcha qilgan.

AQSH prezidentligiga da’vogarlar Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk debat 28 iyun kuni Atlantada bo‘lib o‘tgan edi. Bayden debat davomida duduqlanib, fikrlarini aniq ifoda eta olmagan va bahs oxirida rafiqasi Jill yordamida sahnadan tushgan.

Amerikalik siyosatchilar va jurnalistlar Demokratik partiya Baydendan voz kechib, boshqa nomzod ko‘rsatishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bayden va Trampning ikkinchi debati 10 sentyabrga belgilangan. AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik siyosatchi: “Demokratlar Baydenni almashtirish ehtimolini emas, balki yo‘llarini muhokama qilmoqda”