Foto: Wright Patterson AFB
AQSH Mudofaa vazirligi Yaponiya shimolidagi Misava aviabazasiga ilk bor F-35 “ko‘rinmas qiruvchi” samolyotlarini joylashtiradi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu Yaponiyada joylashgan taktik samolyotlarni modernizatsiya qilish rejasi doirasida amalga oshirilmoqda. Pentagon Aomori prefekturasidagi aviabazada joylashgan 36 ta F-16 samolyotini 48 ta F-35 qiruvchi samolyotiga almashtirishini ma’lum qildi.
F-35 beshinchi avlod qiruvchi samolyoti bo‘lib, ilg‘or radarlardan qochish va dushman tahdidlarini tezkor aniqlash tizimlari bilan jihozlangan.
Kelgusi bir necha yil ichida amalga oshiriladigan modernizatsiya rejasi 10 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritishni nazarda tutadi.
"Reja AQSH-Yaponiya alyansini mustahkamlaydi, mintaqaviy jilovni kuchaytiradi, Hind-Tinch okeanida tinchlik va barqarorlikka yordam beradi", — deyiladi xabarda.
Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xayasi Yosimasaning aytishicha, modernizatsiya rejasi Yaponiya Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng jiddiy va murakkab xavfsizlik vaziyatiga duch kelgan va qo‘shni davlatlar harbiy faoliyatlarini kuchaytirayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda.
U mazkur reja qiruvchi samolyotlarning ishlashini yaxshilashi, AQSH kuchlarining jangovar imkoniyatlarini, javob qaytarish potensialini yanada kuchaytirishini ta’kidlagan.
Misava aviabazasi Sugaru bo‘g‘ozi yaqinida joylashgan bo‘lib, u orqali Xitoy va Rossiya harbiy kemalari tez-tez Tinch okeaniga chiqadi. Bundan tashqari, Rossiyaning Tinch okeanidagi asosiy porti — Vladivostok aviabazadan unchalik uzoq emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi