Foto: Forbes
Osiyo davlatlarida havoning keskin isishi tufayli jahon miqyosida qahva narxi oshdi. Bu haqda Nikkei Asia xabar berdi.
Londonda robusta navi uchun fyuchers kotirovkalari iyun oxiriga kelib mart oyining oxiriga nisbatan 18,1 foizga oshdi. 6 iyun kuni kontrakt narxi bir tonna uchun 4394 dollarni tashkil qilib, rekord darajaga yetdi. Arabika fyucherslari uch oy ichida 20,6 foizga qimmatlashdi.
Narx ko‘tarilishining asosiy sababi Janubi-Sharqiy Osiyodagi issiqlikdir. Aprel oyidan beri Vetnam, Tailand va Filippinda o‘rtacha havo harorati me’yordan yuqori bo‘lib, Selsiy bo‘yicha 48 darajaga yetdi.
Vetnamda fermerlar kuzgi hosilga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qurg‘oqchilikka duch kelmoqda. Vetnam eruvchan qahva tayyorlash uchun ishlatiladigan dunyodagi robusta navining taxminan 40 foizini ishlab chiqaradi.
AQSH ikki hafta oldin qishloq xo‘jaligida kofe ishlab chiqarish 2024/25 yillarda 7,1 million qopga (60 kg) oshib, 176,2 million qopgacha yetishini prognoz qilingandi. Bunga birinchi navbatda Braziliya va Indoneziyadagi hosilning yaxshilanishi sabab bo‘ladi. Kofe iste’moli global miqyosda 3,1 million qopga oshib, 170,6 million qopga yetishi kutilmoqda.
Janubi-Sharqiy Osiyodagi issiq ob-havo Tailand va Indoneziya eksportining muhim qismini tashkil etuvchi tabiiy kauchuk narxiga ham ta’sir ko‘rsatdi. 10 iyun kuni Osaka birjasida kauchuk fyuchers kotirovkalari mart oyining o‘rtalaridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga — bir kilogramm uchun 2,23 dollar yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi