Foto: ru.apa.az
Livandagi “Hizbulloh” guruhi yetakchisi Hasan Nasrulloh 5 iyul kuni HAMAS delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Halil al-Hayya boshchiligidagi HAMAS delegatsiyasi Bayrutga tashrif buyurgan. Ular Hasan Nasrulloh bilan uchrashib, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muhokamalar olib borgan.
“Hizbulloh” tomoni uchrashuv yuzasidan alohida bayonot e’lon qilgan. Unda aytilishicha, “Hizbulloh” va HAMAS vakillari uchrashuvda G‘azo sektoridagi so‘nggi xavfsizlik holati va siyosiy o‘zgarishlar haqida mulohazalar yuritgan.
“Ular shu kunlarda davom etayotgan muzokaralardagi so‘nggi o‘zgarishlar, ularning holati va G‘azo sektorida Falastin xalqiga qarshi tajovuzga chek qo‘yish bo‘yicha taqdim etilgan takliflarni muhokama qildi”, — deyiladi Livan harbiy guruhi bayonotida.
Payshanba kuni HAMAS guruhi Isroil bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv yuzasidan o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada o‘zgartirganini e’lon qilgan edi. Bu voqea doimiy o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga umid bildirilgan.
4 iyul kuni Isroil hukumati ham HAMAS bilan kelishuv to‘xtab qolgan joyidan davom etishini ma’lum qilgan. Muzokaralarda qatnashish uchun Mossad rahbari Misrga maxsus delegatsiya bilan jo‘natilishi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi