92
Gans garovdagilarni qaytarish bo‘yicha HAMAS bilan har qanday kelishuvni to‘liq ma’qullaydi
Beni Gans. Foto: Reuters
Beni Gans G‘azo sektorida 2023 yilning 7 oktyabridan buyon garovda ushlab turilgan isroilliklarni qaytarish uchun HAMAS bilan har qanday kelishuvni ma’qullashini aytgan, deb yozadi Anadolu agentligi.
Isroil armiya radiosi ma’lumotlariga ko‘ra, Gans telefon orqali Binyamin Netanyahu bilan HAMAS bilan garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan kelishuvlarning «keng konturlari»ni muhokama qilish suhbatlashgan.
Suhbat asnosida Gans uning partiyasi isroillik tutqunlarni ozod qilishni ta’minlovchi har qanday kelishuvni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Shuningdek, asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuv parlament muhokamasiga qo‘yiladigan bo‘lsa, uning partiyasi hukumatni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Isroil xavfsizlik vaziri, ultrao‘ng millatchi Itamar Ben-Gvir Netanyahuning asirlar almashinuvi masalasi bo‘yicha HAMAS bilan to‘g‘ridan muzokaralar o‘tkazish uchun Isroil delegatsiyasi vazirlar mahkamasi bilan maslahatlashmasdan jo‘natilganini tanqid ostiga olgan va odatiga ko‘ra, Netanyahu boshqaruvidagi koalitsion hukumat tarkibidan chiqish bilan tahdid qilgan.
Bungacha «Mossad» direktori David Barnea juma kuni Qatar poytaxti Doxa shahriga Tel-Aviv va HAMAS o‘rtasida asirlar almashinuv masalasini muhokama qilish uchun jo‘natilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi