Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovida qatnashish fikridan voz kechmasligi, bu ishni qilishiga faqat Xudo majburlay olishini aytdi.
«Men NATOni birlashtirgan, Putinni to‘xtatgan yigitman», degan Bayden 5 iyul kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida. Jurnalistning nomzodingizni olasizmi, degan savoliga javob berarkan, buni Xudo ko‘ngliga solsagina qilishini aytdi: «Agar Xudo meni bunga majburlasa, qilishim mumkin», degan AQSH prezidenti.
Bayden Tramp bilan debat haqida gapirar ekan, uni «yomon epizod» deb atadi. Shuningdek, o‘sha kuni qattiq shamollagani, o‘zini juda yomon his qilganini aytdi. Ammo salomatligida muammo yo‘qligini qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi