Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden ABC nashriga bergan intervyusida sobiq prezident Donald Tramp bilan munozaradagi muvaffaqiyatsiz faoliyatini uning umumiy ahvolini aks ettiruvchi emas, balki alohida “yomon epizod” deb atadi.
"Men har kuni kognitiv testdan o‘taman. Bilasizmi, men nafaqat kampaniya olib bormoqdaman. Men dunyoni ham boshqaraman", — dedi Bayden.
Suhbat chog‘ida Bayden shaxsiy shifokorlari bilan doimiy tekshiruvdan o‘tishini va agar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, unga aytishdan tortinmasliklarini aytgan.
"10 daqiqada 100 metrga yugura olamanmi? Yo‘q. Lekin men hali ham ko‘rinishim joyida. Debatlarga kelsak, tayyorgarlik borasida o‘z instinktlarimga quloq solmadim", — deya qo‘shimcha qilgan Bayden.
Bayden Trampning aralashuvi uni bir necha metr masofadan sarosimaga solganini aytgan: "Men savolga javob berayotganimda uning mikrofoni o‘chirilganiga qaramay, u hamon qichqirardi. Buning uchun uni ayblamayman, lekin men o‘zimni boshqara olmaganimni angladim".
Tramp odatda ko‘proq olomonni o‘ziga jalb etishi eslatilganda, prezident raqibini “patologik yolg‘onchi” deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mikroto‘lqinli pechda ovqat isitish sog‘liq uchun zararlimi?
Selena Gomes o‘zining milliarderlik maqomiga munosabat bildirdi
Eron oliy rahbari Yaqin Sharqni Isroilga qarshi isyon ko‘tarishga chaqirdi
Bayden Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi
HAMAS Tel-Avivdagi terakt uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi
Dunyodagi sayohat qilish uchun eng arzon va eng qimmat davlatlar
Husiylar Tel Avivning chekka hududlariga hujum qildi
Argentina Malvin (Folklend) orollarini qaytarib olmoqchi