16:00 / 07.07.2024
747

AQSH Ukrainadagi yashirib bo‘lmaydigan muammo haqida ma’lum qildi

AQSH Ukrainadagi yashirib bo‘lmaydigan muammo haqida ma’lum qildi
Foto: brookings
Shimoliy Atlantika alyansining Ukraina bo‘yicha siyosati barbod bo‘lgani aniq, Kiyev va uning ittifoqchilari buni yashirish uchun hech narsa qila olmaydi. Bu haqda Pentagon sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor xabar berdi.

"NATOning Ukrainadagi mag‘lubiyatini jamoatchilikdan yashirishiga erishib bo‘lmasligini hamma allaqachon tushunib yetdi", — deydi u.

Makgregorga ko‘ra, NATO ittifoqchilari dovdirab qolgan va nima qilishni bilmayapti. Uning ta’kidlashicha, AQSH razvedka idoralari Ukrainaning parchalanishini noyabr oyidagi saylovlargacha kechiktirish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilmoqda.

"Ular buni uddalaydi deb o‘ylamayman", — deya xulosa qilgan amerikalik ekspert.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlari Rossiya-Ukriana urushi boshlanganidan so‘ng, Rossiyaga chek qo‘yishni o‘ylaganini, ammo ular “rus xalqining birligi, Rossiya moliyaviy-iqtisodiy tizimining barqarorligi va kuchayib borayotgan harbiy salohiyati oldida kuchsizlikka duch kelishini” ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Ukrainadagi yashirib bo‘lmaydigan muammo haqida ma’lum qildi
ePN