20:49 / 13.07.2024
74

Bayden ba’zida ismlarni chalkashtirib yuborishini tan oldi

Bayden ba’zida ismlarni chalkashtirib yuborishini tan oldi
Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden nutqlari davomida tez-tez xatoga yo‘l qo‘yib, nomlarni chalkashtirib yuborishini tan oldi, ammo saylovoldi poygasidan chiqish ehtimolini rad etdi.

Xabarda aytilishicha, Amerika yetakchisi Michigandagi mitingda tegishli bayonot bilan chiqqan.

Debatlardan keyin matbuot menga tanqid bilan hujum qilganini sezgandirsiz. Men juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yaman. Ular meni qattiq tanqid qilishdi, chunki ba’zida ismlar chalkashib ketadi. Men Billni ba’zida Charli deb yuboraman”, deya qo‘shimcha qildi u.

Bayden ommaviy axborot vositalari uning asosiy siyosiy raqibi respublikachi Donald Trampning shu kabi xatolariga unchalik ahamiyat bermayotganidan shikoyat qildi. Miting markaziy Amerika telekanallari tomonidan translyatsiya qilingan.

Oxirgi paytlarda juda ko‘p taxminlar bo‘layotganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Jo Bayden nima qiladi? U poygada qoladimi? Ketadimi? Mana mening javobim: biz saylovda qatnashyapmiz va biz g‘alaba qozonamiz. Men buni o‘zgartirmoqchi emasman”, dedi Bayden.

Ko‘pchilik mening kampaniyam barbod bo‘layotganini aytishmoqda. Men hech qayerga ketmayman”, deb ishontirdi Amerika rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden ba’zida ismlarni chalkashtirib yuborishini tan oldi