12:05 / 16.07.2024
127

Germaniya Ukrainaga qiruvchilar yetkazib berishdan bosh tortdi

Germaniya Ukrainaga qiruvchilar yetkazib berishdan bosh tortdi
Foto: “airandspaceforces.com”
Germaniya Ukraina armiyasiga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishdan bosh tortdi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Hebeshtrayt ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlar allaqachon Kiyevga F-16 qiruvchilarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ukrainalik uchuvchilar esa mazkur aviatexnikalardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tmoqda.

Ukrainaga har xil turdagi qiruvchi samolyotlarni yetkazib berishdan ma’no yo‘q. Qiruvchi samolyotlar tashqi ko‘rinishidan o‘xshash bo‘lsa-da, ular boshqaruvda juda farqlanadi. Bu esa uzoq muddatli tayyorgarlikni taqozo etadi”, dedi Hebeshtrayt.

Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Daniya va Niderlandiya Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga berishni boshlagani haqida ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlar shu yozda Ukraina osmonida paydo bo‘ladi. Norvegiya ham joriy yilda oltita F-16 qiruvchilarini Ukrainaga yuborishini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Ukrainaga qiruvchilar yetkazib berishdan bosh tortdi