17:10 / 16.07.2024
57

Tojikistonda soxta nogironlarni hibsga olish boshlandi

Tojikistonda soxta nogironlarni hibsga olish boshlandi
Foto: “Sputnik Tojikiston”
Tojikistonda o‘zini nogironday ko‘rsatib, tilanchilik bilan shug‘ullanib kelgan shaxslarga qarshi kurash boshlandi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.

Tekshiruvlar davomida Dushanbe Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1990 yilda tug‘ilgan Vahdat shahrida yashovchi, o‘zini nogiron deb tanishtirgan va tilanchilik bilan shug‘ullangan jismoniy sog‘lom, mehnatga layoqatli shaxsni aniqlagan. Bundan tashqari, g‘ildirakli aravachada o‘zini nogiron qilib ko‘rsatib, yo‘lda tilanchilik qilayotgan 1966 yilda tug‘ilgan Hisor fuqarosi ham qo‘lga olingan.

Har ikki fuqaro bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida avvalroq rasmiy ogohlantirilganiga qaramay, bunga rioya qilmagan. Natijada ikkalasi ham 5 kundan 15 kungacha qamoqqa olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda soxta nogironlarni hibsga olish boshlandi