17:53 / 16.07.2024
49

Olimlar Oy sathidan 100 metr chuqurlikda g‘or borligini aniqladi

Olimlar Oy sathidan 100 metr chuqurlikda g‘or borligini aniqladi
Foto: NASA
Olimlar ilk bor Oy sathida g‘or borligini aniqladi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, aniqlangan g‘or Oy sathidan kamida 100 metr chuqurlikda joylashgan. Tadqiqotchilar bu kabi g‘orlar Yer yo‘ldoshida ko‘plab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Mutaxassislarning bir guruhi yangi g‘orni insoniyatning kelgusidagi koinot missiyalari uchun baza sifatida ko‘rmoqda. Chunki g‘or astronavtlarni kosmik radiatsiya, ekstremal harorat va kosmik bulutlardan himoya qila oladi.

Oydagi sirli obyektni Italiyaning Trento universiteti olimlari Lorenzo Bruzzone va Leonardo Karrerlar topgan. Ular tabiiy yo‘ldoshdagi Mare Tranquillitatis deb nomlangan qoyali tekislik hududini kuzatgan va kosmik radar yordamida shubhali chuqurlikni aniqlagan.

Foto: NASA
G‘or AQSHning Apollon 11 missiyasi qo‘ngan hudud yaqinida joylashgan. Uning ichki qismi vulqon kuli va toshqotma ma’dandan iborat ekani taxmin qilingan.

Bu haqiqatan ham hayajonli. Ushbu kashfiyotlarni amalga oshirganingizda va tasvirlarga qaraganingizda, insoniyat tarixida buni ko‘rgan birinchi odam ekanligingizni tushunishingiz — bu juda ajoyib hissiyot”, deydi professor Karrer.

Tadqiqotchilar insoniyat keyingi 20-30 yillar davomida Oyda topilgan g‘orlardan foydalanishi mumkinligini bildirgan. G‘arb hukumatlarida esa allaqachon kosmik stansiya qurish rejasi mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Oy sathidan 100 metr chuqurlikda g‘or borligini aniqladi