00:28 / 18.07.2024
44

Lavrov Ukrainadagi mojaroga barham berish shartlarini ma’lum qildi

Lavrov Ukrainadagi mojaroga barham berish shartlarini ma’lum qildi
Foto: RIA Novosti
Ukrainadagi inqirozni hal qilish qarorida yerdagi voqelikni inobatga olib, G‘arb Kiyevga qurol-yarog‘ quyishni to‘xtatishi kerak, shunda mojaro tugaydi, deya Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov xabar berdi.

"Ukrainani qurol bilan ta’minlash to‘xtatilishi kerak, ana shunda urush to‘xtaydi. Nafaqat yerdagi, balki ijtimoiy hayotdagi voqelikni ham hisobga oladigan yechim izlaymiz", dedi Lavrov AQSHga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Uning ta’kidlashicha, referendumlar natijasida Rossiya tarkibiga kirgan yangi hududlar masalasi muhokama qilinmayapti.

Avvalroq Topwar manbasi Ukraina rasmiylari harbiy harakatlarni to‘xtatib, Moskva bilan muzokaralar boshlashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi. Manbada aytilishicha, Kiyev Rossiya bilan tinch muzokaralar orqali jangovar harakatlarni tugatishni rejalashtirmoqda. Mamlakat hukumati allaqachon mojaroni to‘xtatuvchi rejani ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda.

Ukraina kelishuvlarda mamlakat manfaatlari inobatga olinadigan masalalarni muhokamaga kiritishga qaror qilgan. Ammo frontdagi chigal vaziyat tufayli Kiyevning talablari inobatga olinmasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Ukrainadagi mojaroga barham berish shartlarini ma’lum qildi