Rossiyaliklarning 81 foizi migrantlarga nisbatan salbiy kayfiyatda emasligi ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish549
Rossiyaliklarning 81 foizi migrantlarga nisbatan salbiy kayfiyatda emasligi ma’lum qilindi
Foto: profile.ru
Rossiya davlat so‘rovnoma xizmatining navbatdagi so‘rovnomasi kutilmaganda rossiyaliklarning aksariyati migrantlarni istalmas shaxslar deb hisoblashi haqidagi fikrlarda asos yo‘qligini ko‘rsatib berdi. So‘ralganlarning 81 foizi migrantlarga nisbatan salbiy kayfiyatda emasligini aytgan. Faqat 12 foiz so‘ralganlar mavjud migratsion siyosatdan cho‘chishini bildirgan.

VTSIOM siyosiy tadqiqotlar departamenti rahbari Mixail Mamonov rossiyaliklarning katta qismi mamlakatning ko‘p millatli bo‘lishi uni yanada kuchaytiradi degan fikrda ekanini aytgan.

“Biz migrantlar nisbatan nafrat yo‘qligiga guvoh bo‘lmoqdamiz: 81 foiz so‘ralganlar o‘zi yashayotgan aholi punktiga boshqa joydan kelganlarga nisbatan negativ his-tuyg‘ular tuymasligini bildirgan. Bu juda katta ko‘rsatkich”, – degan Mamonov.

Kelib chiqishi tojikistonlik bo‘lgan shaxslar tomonidan “Crocus City Hall”da sodir etilgan terrorchilik aktidan so‘ng Rossiyada kuchishlatar tizimlar yordamida reydlar ko‘paytirildi va migratsion siyosat kuchaytirildi. RF Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin migrantlarni deportatsiya qilish uchun asos bo‘ladigan huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirilishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Ro‘yxatga RF Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining jamoatchilik tartibi va xavfsizlikka daxl qilish bilan bog‘liq yana 20 ta moddani qo‘shish rejalashtirilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin avvalroq migrantlar o‘rtasida jinoyatchilik oshib borayoganini qayd etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yarim yil ichida xorijdan kelgan fuqarolar o‘rtasida nomusga tegish jinoyatlari 5 foizga, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan shahvoniy xatti-harakatlar qilish 25 foizga oshgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?