"Tramp — ahmoq, Vens esa manfaatparast": AQSH Senatiga saylangan Abdul El-Sayeddan keskin bayonot

1 daqiqa o'qish1
"Tramp — ahmoq, Vens esa manfaatparast": AQSH Senatiga saylangan Abdul El-Sayeddan keskin bayonot

Michigan shtatidan AQSH Senatiga saylangan demokrat Abdul El-Sayed prezident Donald Trampni keskin tanqid qilib, uni «ahmoq», «nodon» va «ashaddiy narsiss» deb atadi. Shuningdek, u vitse-prezident Jey Di Vens Trampning kamchiliklarini yaxshi tushunishini, biroq siyosiy manfaatlari yo‘lida uni omma oldida qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini ta’kidladi.

El-Sayed bu fikrlarni jurnalist Mehdi Hasanga bergan intervyusida bildirgan. 6 noyabr kuni Zeteo nashrida e’lon qilingan suhbatdan lavhalar 17 noyabrga kelib ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Saylangan senatorning fikricha, Jey Di Vens Trampga qaraganda ancha aqlli va chuqurroq siyosiy tahlil qilish qobiliyatiga ega. Biroq vitse-prezident o‘z qarashlarini ochiq bildirish o‘rniga, Oq uy rahbarining siyosatini qo‘llab-quvvatlashni ma’qul ko‘rmoqda.

«Tramp — ahmoq, u nodon va ashaddiy narsiss. Jey Di Vens esa haqiqatan ham aqlli», — deya ta’kidlagan El-Sayed.

Uning aytishicha, Vens prezidentning izchil bo‘lmagan xatti-harakatlari va qarorlarini anglab tursa-da, hokimiyatga yaqinroq bo‘lish uchun unga sodiqlik namoyish etmoqda. El-Sayed vitse-prezidentni o‘z siyosiy maqsadlari yo‘lida qarashlari va tamoyillaridan chekinayotganlikda aybladi.

Demokrat siyosatchi Vensning Tramp qarorlarini avval qo‘llab-quvvatlagani, endilikda esa ularning salbiy oqibatlaridan o‘zini chetga olishga urinayotganini ham tanqid qildi. Uning fikricha, prezident siyosatini so‘zsiz ma’qullash Vensning o‘z siyosiy kelajagiga ham zarar yetkazishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Abdul El-Sayed 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda respublikachi Mayk Rodjers ustidan g‘alaba qozondi. Shu tariqa u AQSH Senatiga saylangan ilk musulmon siyosatchi bo‘ldi. Uning senatorlik vakolati 2027 yil yanvarida boshlanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?