Xanna nega uch yil davomida ajrasha olmadi? Bloger sud jarayonining cho‘zilish sabablarini ochiqladi (video)

Bloger Xanna uch yil davom etgan ajrim jarayoni, sud tomonidan bir necha bor yarashish uchun muddat berilgani va oilasining nikohni saqlab qolishga urinishlari haqida so‘zlab berdi. U bu haqda “GAPIRING” tok-shousiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Suhbat davomida blogerdan birinchi farzand tug‘ilganidan keyin birga yashash qiyinligini anglagan bo‘lsa, nega yana farzandli bo‘lishga qaror qilgani so‘raldi. Xannaning aytishicha, bunga yaqinlarining yarashish haqidagi maslahatlari sabab bo‘lgan.
“Uydagilar yarashinglar, balki farzandli bo‘lsangiz, munosabatlaringiz yaxshilanib ketar, deb aytishardi. O‘zbekchilikda bu qarash juda kuchli. Ko‘pincha farzand orqali oilani saqlab qolishga harakat qilishadi”, — deydi bloger.
Shuningdek, undan ajrashish qaroriga olib kelgan asosiy omillar haqida ham so‘ralgan. Xanna bunga er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning yo‘qolishi va turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchiliklar sabab bo‘lganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, ko‘plab oilalarda qarindoshlarning aralashuvi ham muammolarni kuchaytirishi mumkin, biroq o‘z holatida bu asosiy sabab bo‘lmagan.
Bloger ajrim jarayonining uzoq davom etishiga ham to‘xtalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab turmush o‘rtog‘i tomoni ajrashishga qarshi bo‘lgan. Keyinchalik ajrimga rozi bo‘lingach, ular sudga murojaat qilishgan.
Xanna sud nega bir necha bor yarashish uchun muddat berganiga aniq javob bermagan. Biroq bloger uning jamoatchilikka tanilgan shaxs ekani va ajrimlar soni ortib ketmasligi bilan bog‘liq omillar ham jarayonning cho‘zilishiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…