15:05 / 22.07.2024
155

AQSH strategik bombardimonchi samolyotlari Rossiya chegarasi tomon uchirildi

AQSH strategik bombardimonchi samolyotlari Rossiya chegarasi tomon uchirildi
Foto: Wikimedia Commons
AQSH strategik bombardimonchi samolyotlari 21 iyul kuni Rossiya chegaralari tomon uchgan. Bu haqda Rossiya hukumati tarqatgan xabarga asoslanib, The Moscow Times nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, AQSHga qarashli ikkita strategik bombardimonchi samolyot Arktika bo‘ylab Barens dengizi ustidan parvozni amalga oshirgan. Samolyotlarning Rossiya chegarasiga yaqinlashuvi esa ogohlantirish signallari ishlab ketishiga sababchi bo‘lgan.

Rossiya havo-chegara hududi bo‘ylab bombardimonchi samolyotlarga qarshi turish uchun qiruvchi samolyotlarini uchirgan. Bir necha daqiqalik havo manyovrlari oqibatida samolyotlar bahsli havo zonasidan surib chiqarilgan.

Rossiya qiruvchi samolyotlari ekipaji AQSH harbiy-havo kuchlarining B-52H strategik bombardimonchi samolyotlari chegaraga yaqinlashganini aniqladi. Rossiya qiruvchi samolyotlari ularga yaqinlashganda, strategik bombardimonchi samolyotlar parvoz yo‘nalishini to‘g‘rilab, hududdan uzoqlashdi va keyin Rossiya davlat chegarasidan boshqa tomonga burilib ketdi”, deyiladi Kreml matbuot idorasi xabarida.

AQSH harbiylari muntazam ravishda xalqaro suvlar ustida strategik parvozlarni amalga oshiradi. Vashingtondagi hukumat amaliyotlar neytral havo hududida va xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oshirilganini ta’kidlab keladi.

Moskva so‘nggi oylarda o‘tkazilgan G‘arb mashg‘ulotlariga nisbatan keskin javob qaytarishni boshlagan. Iyun oyida Qora dengiz ustida AQSH harbiy dronlari uchirilishi “to‘g‘ridan to‘g‘ri” harbiy to‘qnashuvga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. File engine/social.php not found.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH strategik bombardimonchi samolyotlari Rossiya chegarasi tomon uchirildi