
Foto: travel.ru
O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinyapti. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sohalar:
- avtomobil mexanigi — 1000 yevro;
- CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi — 1100–2500 yevro.
Nomzodlar uchun talablar:
Avtomexanik:
- avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish qo‘llanmalaridan foydalanish;
- avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;
- diagnostika uskunalaridan foydalanish;
- kamida 2 yillik tajriba;
- rus yoki ingliz tillarini bilish;
- 25–40 yosh.
Ro‘yxatdan o‘tish (22 iyul soat 11:30 dan 24 iyul soat 14:00 gacha)
CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi:
- Yevropaning barcha mamlakatlariga yuklarni tashish;
- yuk tashish bilan bog‘liq hujjatlarni tushunish;
- chip kartaning mavjudligi;
- kamida 1 yillik tajriba;
- rus yoki ingliz tillarini bilish;
- 55 yoshgacha.
Ro‘yxatdan o‘tish (22 iyul soat 11:30 dan 24 iyul soat 14:00 gacha)
Ish beruvchi hisobidan:
- o‘quv va test sinovlari davomida yashash joyi;
- sug‘urta;
- hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish.
Fuqaro hisobidan:
- agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish;
- viza uchun to‘lov;
- ovqatlanish;
- aviachipta. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar