14:00 / 25.07.2024
108

Bayden prezidentlik poygasidan chiqish qarorini tushuntirdi

Bayden prezidentlik poygasidan chiqish qarorini tushuntirdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini aytdi. Bu haqda u Amerika xalqiga qilgan murojaatida ma’lum qildi.

"Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi tasavvurlarim ikkinchi muddatga saylanish uchun loyiq deb hisoblayman, lekin hech narsa, jumladan, shaxsiy ambitsiyam ham demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida to‘sqinlik qila olmaydi, olg‘a borishning eng yaxshi yo‘li estafetani yangi avlodga topshirish, bu xalqimizni birlashtirishning eng yaxshi usuli, degan qarorga keldim", dedi u.

U qolgan olti oy ichida o‘zining prezidentlik vazifalariga: iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va boshqalarga e’tibor qaratishini ta’kidladi. Bayden AQSH Ukrainaga yordam berayotgan davlatlar koalitsiyasini birlashtirish va NATOni mustahkamlashda davom etishini aytdi. G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarga chek qo‘yish va barcha garovga olinganlarni ozod qilish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi. Bayden XXI asrda mamlakati hech bir urushga aralashmagan birinchi AQSH prezidenti ekanini aytdi.

U bo‘lajak ovoz berishda o‘z tanlovini allaqachon qabul qilgani, bu vitse-prezident Kamala Harris ekani ta’kidlab, uni prezidentlikka nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Bayden saylovda qatnashmaydi

21 iyul kuni Jo Bayden prezidentlik saylovidan o‘z nomzodini qaytarib oldi. Siyosatchi partiya va mamlakat manfaatlariga asosan shunday qarorga kelganini aytdi.

"Sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish hayotimdagi eng katta sharaf bo‘ldi. Men qayta saylanish niyatida bo‘lgan bo‘lsam-da, o‘z partiyam va mamlakatim manfaatlariga ko‘ra, nomzodimni rad etishim va qolgan muddat davomida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga e’tibor qaratishim kerak deb hisoblayman", degan u.

Bayden prezidentlik poygasida Kamala Harrisni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, demokratlar Trampni saylovlarda mag‘lub etish uchun hozir birlashishi kerak.

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson qaror ortidan Baydenni iste’foga chiqishga chaqirgan. Uning fikricha, keyingi muddatga prezident bo‘lishni istamagan odam hozir bu lavozimni egallamasligi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden prezidentlik poygasidan chiqish qarorini tushuntirdi