20:32 / 25.07.2024
95

Xitoy AQSHni “yolg‘on imperiyasi” deb atadi

Xitoy AQSHni “yolg‘on imperiyasi” deb atadi
Foto: Depositphotos
Qo‘shma Shtatlar yolg‘on imperiyasiga aylandi, chunki u o‘zining xudbin maqsadlariga erishish uchun muntazam ravishda dezinformatsiyadan foydalanadi, deydi Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Chjan Syaogan.

"Aldamchi harakatlar Qo‘shma Shtatlar tomonidan faqatgina harbiy sohada amalga oshirilibgina qolmay, balki yolg‘on ularning suyak iligiga singib ketgan. Ular o‘zlarining xudbin manfaatlari uchun har qanday yolg‘onni o‘ylab topishga jur’at etishdi va allaqachon haqiqiy yolg‘on imperiyasiga aylangan", deydi Syaogan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH, xususan, Sovuq urush davrida ommaviy axborot vositalariga pora berish va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish maqsadida o‘tkazilgan “Masxara qilish operatsiyasi” uchun ham javobgardir. Xitoy rasmiysining eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik kengashida Iroqning ommaviy qirg‘in quroliga ega ekanligining isboti sifatida “yuvish kukuni”ni ko‘rsatgan, shuningdek, Suriya hukumat kuchlari tomonidan amalga oshirilgan gumon qilinayotgan portlashlar va kimyoviy hujumlar dalillarini soxtalashtirish uchun “Oq dubulg‘alar”dan foydalangan.

Chjan Syaoganning aytishicha, AQSH Xitoyga Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidagi siyosati yuzasidan tuhmat qilgan, shuningdek, Filippin va boshqa mamlakatlarda Xitoy vaksinalari haqida soxta xabarlar tarqatgan. U AQSHni yolg‘on ma’lumot tarqatishni va o‘z yolg‘onlari bilan dunyoni chalg‘itishni bas qilishga chaqirgan.

Avvalroq AQSH dengiz piyodalari korpusi turli hiyla-nayranglar va ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish orqali dushmanni ataylab aldash taktikasi bo‘lgan “Aldash” rasmiy doktrinasini e’lon qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSHni “yolg‘on imperiyasi” deb atadi