Foto: Getty Images
Rossiyaning yirik banklari, uyali aloqa operatorlari, shuningdek, bir qator boshqa xizmatlar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) tomonidan uyushtirilgan kiberhujumga uchradi. Bu haqda Hromadske razvedka xizmatidagi manbaga tayanib yozdi.
Manbaga ko‘ra, «operatsiya» 3 kun oldin boshlangan va hamon davom etmoqda. Rossiyaning bir qator moliyaviy institutlari, jumladan «Alfa Bank», «SberBank», «Rayffayzen bank», VTB, «Gazprombank» va «T-Bank» hujumga uchragan.
Rossiya ommaviy axborot vositalari 24 iyul kuni ertalab banklar ishidagi uzilishlarga e’tibor qaratdi. VTB matbuot xizmatining «Interfaks»ga ma’lum qilishicha, bank chet eldan DDoS-hujumiga uchragan.
Hromadske manbasiga ko‘ra, operatsiya doirasida «Sistema bistrix platejey» (SBP) va «Natsionalnaya sistema platejnix kart» (NSPK) ham kiberhujumlarga uchragan. «Ukrainska pravda» nashrining Bosh razvedka boshqarmasidagi manbasi avvalroq ukrainalik mutaxassislar Rossiya to‘lov tizimlari faoliyatiga «to‘sqinlik qilish yoki ishdan chiqarishga» muvaffaq bo‘lganini da’vo qilgan edi.
Bundan tashqari, bir qancha aloqa operatorlari, jumladan, «Bilayn», «Megafon», «MTS», «Tele2», shuningdek, turli xizmatlar, jumladan, VKontakte ijtimoiy tarmog‘i va Discord messenjeri kiberhujumlarga uchragan.
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi muntazam ravishda kiberhujumlar haqida xabar beradi. Masalan, 2024 yil iyul oyi o‘rtalarida razvedka xizmati yuzga yaqin rus veb-saytlariga hujum qilingani haqida xabar bergan edi. Bundan oldin Bosh razvedka boshqarmasi harbiy razvedkaning kibermutaxassislari «Kerch FM» yangiliklar portali, «Miranda Media» aloqa operatori, shuningdek, Qrim ko‘prigida harakatni ro‘yxatga olish va nazorat qilish tizimiga hujum qilganini ma’lum etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi