Foto: Anadolu
Isroil qurollar yetkazib berishni tezlashtirish uchun AQSHga yashirincha bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Politico xabar berdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning delegatsiyasi AQSH Kongressiga zarur bo‘lgan qurol turlari ro‘yxatini taqdim etgan.
“Isroil o‘ziga zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ yetkazib berishni ma’qullash uchun AQSH prezidenti ma’muriyati va qonun chiqaruvchilarga maxfiy ravishda bosim o‘tkazmoqda”, deyiladi xabarda.
Shu tariqa yahudiy davlati noyabr oyida AQSHda bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan o‘z zaxiralarini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Manba, shuningdek, qurol-yarog‘ zaxiralarini ko‘paytirishning yana bir sababi Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida ochiq qarama-qarshilik ehtimoli ekanini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi