Foto: Anadolu Agency
AQSH Kongressi genotsid qotilini qanday olqishlaganiga butun dunyo guvoh bo‘ldi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning AQSH Kongressi Vakillar palatasi va Senati a’zolari oldidagi nutqini sharhlar ekan, aytib o‘tdi.
«Insoniyatga xizmat qilayotganlarni olqishlash kerak. Vakillar palatasi qariyb 40 ming bola, ayollar va qariyalarni yo‘q qilgan shaxsni olqishladi», dedi Turkiya rahbari.
Davlat rahbari «dunyoga demokratiya va inson huquqlari haqida ma’ruzalar o‘qiyotganlar zamonamiz Hitlerini zarracha uyalmasdan ulug‘lashini» ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an AQSH Kongressidagi nutqi chog‘ida «qo‘lida 150 ming g‘azolik qoni bo‘lgan qassob (Netanyahu) uchun chalingan qarsaklarni «aqldan ozish», deb atadi.
Turkiya prezidenti yana bir bor xalqaro tizimni isloh qilish zarurligini ta’kidladi.
«Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, harbiy va diplomatik manfaatlarini himoya qilish maqsadida shakllangan global tizim eskira boshladi», dedi siyosatchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi