Foto: GreenMe
Dunyoga mashhur amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioning zamonaviy krossovkalar ishlab chiqaruvchi Wild Loci Ltd kompaniyasi 3,5 million dollar miqdorda kreditor qarzdorliklari tufayli zarar ko‘rmoqda. Bu haqda “Limon.ee” nashri ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 49 yoshli aktyorning shaxsiy boyligi 300 million dollarni tashkil qiladi va mablag‘ining katta qismini Di Kaprio aynan Wild Loci Ltd kompaniyasiga sarmoya sifatida kiritgan.
Mazkur eko-biznes Britaniyada qayta ishlangan bambuk, penoplast va kauchukdan krossovkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Har bir juft poyabzal uchun 20 ta qayta ishlangan plastik qutilardan foydalaniladi. Wild Loci krossovkalari ayollar va erkaklar uchun turli uslub va o‘lchamdagi poyabzallar assortimentini o‘z ichiga oladi va har biri o‘rtacha 155-220 dollar narxda sotiladi.
Foto: Esquire
Companies House'ga taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, 2023 yil aprelda Wild Loci Ltd kompaniyasi 3 479 440 dollar miqdorda zarar ko‘rgan. Bir yil avval brendning zarari 1 245 796 dollarni tashkil etgan edi.
“Men atrof-muhitga bo‘lgan zararli ta’sirni kamaytirishga intilgan, tabiatni muhofaza qilishga o‘z hissasini qo‘shgan hamda hayvonlarda test sinovlari o‘tkazmaydigan Loci ekologik toza brendining investori ekanligimdan faxrlanaman”, deydi Leonardo.
Shunga qaramay, aktyorni ikkiyuzlamachilikda ayblaydiganlar ham kam emas, chunki Di Kaprio iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga va qayta ishlangan materiallardan kiyim va poyabzal sotib olishga undash bilan birga hashamatli turmush tarzini ham olib boradi.
Brend logotipi
Foto: Freshmen Fund
“Oskar” mukofoti sovrindori 1998 yilda 24 yoshida biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, okean va o‘rmonlarni asrash hamda global issiqlik muammosiga e’tiborni kuchaytirish maqsadida “Leonardo Di Kaprio jamg‘armasi”ga asos solgan. Shuningdek, aktyor Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, Tabiiy resurslarni himoya qilish kengashi, Hayvonlarni himoya qilish xalqaro jamg‘armasi hamda Pitine Seas and Oceans 5 kabi qator ekologik tashkilotlarning direktorlar kengashida faoliyat yuritib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi