Foto: Sputnik
Agar Germaniyada AQSHning yuqori aniqlikdagi raketa komplekslari joylashtirilsa, Rossiya o‘zini qisqa va o‘rta masofali raketalarni joylashtirishga moratoriydan ozod deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin xabar berdi.
Putin Harbiy-dengiz flotining bosh paradi chog‘ida tegishli bayonotni bergan. U bu Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining “qirg‘oq qo‘shinlari imkoniyatlarini oshirish”ni nazarda tutishini aytgan.
“Bugungi kunda bunday tizimlarning bir qatorini ishlab chiqarish bo‘yicha yakuniy bosqichdamiz. Yevropa hamda dunyoning boshqa hududlarida AQSH va uning sun’iy yo‘ldoshlarining harakatlarini hisobga olgan holda ularni joylashtirish bo‘yicha ko‘zguli choralarni ko‘ramiz".
Putinning ta’kidlashicha, Germaniyaga joylashtiriladigan Amerika raketalari yetib boradigan hududda “Rossiyaning muhim davlat va harbiy boshqaruv obyektlari” bor.
“Yadro kallaklari bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan raketalarning parvoz vaqti taxminan 10 minutni tashkil qiladi”, — dedi Rossiya prezidenti. U vaziyatni Sovuq urush davri bilan taqqosladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi