14:33 / 29.07.2024
69

Eron va Pokistondan bir kunda 5000 dan ortiq afg‘onistonlik chiqarib yuborildi

Eron va Pokistondan bir kunda 5000 dan ortiq afg‘onistonlik chiqarib yuborildi
Foto: Ariana News
Pokiston va Erondan bir kunda 5000 dan ortiq afg‘onistonlik qochqinlar chiqarib yuborildi. Bu haqda Ariana News xabar berdi.

Afg‘oniston qochqinlar ishlari bo‘yicha vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 5,303 nafar qochqin 27 iyul kuni Nimroz viloyatidagi Pul-e-Abrisham chegarasidan, Qandahor viloyatidagi Spin Boldakdan, Hirot viloyatidagi Islom Qal’adan va Nangarhar viloyatidagi Torxam darvozasidan majburan qaytarilgan va ko‘chirilgan. Bu haftaning boshida ikki mamlakatdan deportatsiya qilingan yana 17 ming nafar muhojirga qo‘shimcha bo‘ldi.

Ayni paytda Erondagi afg‘on muhojirlariga nisbatan salbiy munosabatning yangi to‘lqini boshlandi. Bu o‘tgan hafta oxirida Tehronda Eron fuqarosi o‘ldirilganidan keyin sodir bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, eronlik fuqaro uch nafar afg‘on muhojiri tomonidan o‘ldirilgan. So‘nggi bir necha oy ichida Eron va Pokistondan deportatsiya qilingan ko‘plab muhojirlar ikki davlat politsiyasi tomonidan ko‘rsatilgan munosabatdan shikoyat qilgan.

Pokiston va Eron rasmiylari afg‘on muhojirlariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish haqidagi ayblovlarni bir necha bor rad etib, ular bilan xalqaro qonunlarga muvofiq muomala qilish va afg‘onlarni hujjatlarsiz deportatsiya qilishni o‘zlarining qonuniy huquqlari deb hisoblashini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron va Pokistondan bir kunda 5000 dan ortiq afg‘onistonlik chiqarib yuborildi