22:18 / 30.07.2024
70

G‘arb davlatlari o‘z fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirmoqda

G‘arb davlatlari o‘z fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirmoqda
Foto: AP/ Bayrut portida selitra portlashi oqibatlari
Germaniya Livanning Golan tepaliklariga uyushtirgan raketa hujumlariga Isroilning keng ko‘lamli javob qaytarishidan qo‘rqib, o‘z fuqarolaridan zudlik bilan Livanni tark etishni so‘radi.

"Vaziyatning yanada keskinlashishi va mojaroning kengayishini inkor etib bo‘lmaydi", deyiladi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, bu, xususan, Livan janubiga, jumladan, Bayrutning janubiy shaharlariga tegishli. Keyinchalik eskalatsiya Rafiq Haririy aeroportidan havo qatnovining to‘liq to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin.

Livandan havo orqali chiqib ketishning iloji bo‘lmaydi, deya ta’kidlagan Germaniya TIV.
Avvalroq Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSH ham xuddi shunday ogohlantirishlar bilan chiqqan edi.

Isroil Livan janubiga hujumlarini davom ettirmoqda. 29 iyul kuni sodir etilgan hujumlar natijasida Shakra shahrida ikki kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan edi.

Oq uyga ko‘ra, Isroil “Hizbulloh”ning Golan tepaliklariga bergan zarbasiga javob berishga to‘liq haqli, biroq Isroil-Livan chegarasida keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda davlatlarni vazminlikka chaqirgan.

"Bizning fikrimizcha, bu keskinlikka olib kelishi uchun hech qanday sabab yo‘q. Diplomatiya uchun hali vaqt va joy bor", degan Oq uyning milliy xavfsizlik vakili Jon Kirbi.

“Hizbulloh” aniq boshqariladigan raketalarni harakatga keltira boshlaganini, biroq Isroil bilan keng miqyosli urushni istamasligini aytgan. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu raketa hujumi sodir bo‘lgan joyga tashrif buyurgan va “javob qaytarilishi va bu qahrli bo‘lishi”ni aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘arb davlatlari o‘z fuqarolarini Livanni tark etishga chaqirmoqda