00:30 / 03.08.2024
19

Shimoliy Makedoniyada Kosovо prezidenti bilan mojaroli vaziyat sodir bo‘ldi

Shimoliy Makedoniyada Kosovо prezidenti bilan mojaroli vaziyat sodir bo‘ldi
Foto: InfoResist
Kosovo Shimoliy Makedoniya poytaxti Skopedagi aeroport xavfsizlik xizmatini prezident Vosa Osmani xavfsizlik nuqtayi nazaridan mobil telefonini berishdan bosh torgan vaqtida yuzaga kelgan mojaroda xalqaro qoidalarni buzishda aybladi.

Ma’lum qilinishicha, holat 1 avgust kuni, Osmani Sloveniyaga yo‘l olayotganida sodir bo‘lgan. Osmanining siyosiy maslahatchisi Bekim Kupinaning ma’lum qilishicha, Makedoniya aeroporti xodimlarining xatti-harakati barcha xalqaro me’yorlarga zid, davlat rahbarlari safar chog‘ida diplomatik imtiyoz va immunitetlar bilan himoyalangan.

«Ushbu qoidani buzgan holda Makedoniya tomoni prezidentning shaxsiy sumkasini olib qo‘ydi. Prezident aeroportga kirishi va mavjud tartibga ko‘ra elchixonamizning og‘zaki notasi bilan band qilingan VIP-zalga o‘tishi uchun davlat rahbarining jamoasi bunga qo‘yib berdi. Ammo xavfsizlik nuqtayi nazaridan prezident o‘zining telefonini olishlariga ruxsat bermadi, chunki bu jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi», — deydi Kupina.

Uning aytishicha, aeroport xavfsizlik xizmati xodimi «prezidentni turtib yuborishga uringan va Kosova politsiyasi Osmaniga yo‘l ochish uchun vaziyatga aralashgan».

Shimoliy Makedoniya parlamenti spikeri Afrim Gashi shaxsan aeroportga yetib kelib, Osmani hamda unga hamrohlik qilayotganlarga safarni davom ettirishga yordam berganidan keyingina mojaro hal etilgan.

Makedoniya hukumati qasddan qoidabuzarlik borasidagi ayblovni rad etdi, biroq mojaroli vaziyat tergov qilinishi bildirdi. Aeroport xvfsizlik xizmati esa 1 avgust kuni xodimlar aeroportda standart tekshiruvni amalga oshirganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Makedoniyada Kosovо prezidenti bilan mojaroli vaziyat sodir bo‘ldi