17:25 / 03.08.2024
45

Isroilning G‘arbiy Sohilga qilgan hujumi oqibatida yana bir HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi

Isroilning G‘arbiy Sohilga qilgan hujumi oqibatida yana bir HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi
Foto: Reuters
Isroil kuchlarining 3 avgust kuni G‘arbiy Sohil hududiga uyushtirgan hujumi oqibatida HAMAS qo‘mondonlaridan biri halok bo‘lgan. Bu haqda HAMAS matbuot kotibi tarqatgan xabarga asoslanib, Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil G‘arbiy Sohilning egallangan hududida harakatlanayotgan avtomashinani nishonga olgan. Oqibatda transport vositasi portlab, yonib ketgan.

Falastinning WAFA agentligi portlatilgan mashinada besh kishi bo‘lganini xabar qilgan. Ularning barchasi hujumda halok bo‘lgan.

Bir qancha arab va Isroil nashrlari mashinada HAMAS qo‘mondoni bo‘lganini yozgan. Isroilning “Mossad” ayg‘oqchilik xizmati HAMAS qo‘mondonining G‘arbiy Sohilga kelishi haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan va shu asosda hujum rejasi ishlab chiqqan.

Isroil harbiylari hujum yuzasidan bayonot bergan. Unga ko‘ra, G‘arbiy Sohilning Tulkarim shahri hududida HAMAS brigada qo‘mondoni yo‘q qilingan. U hududda jangarilar to‘plab, Isroil chegarasida tartibsizlik keltirib chiqarishga tayyorgarlik ko‘rgani aytilgan.

Hech bir manba o‘ldirilgan HAMAS qo‘mondoni shaxsini ma’lum qilmagan. Qo‘mondon bilan bitta mashinada halok bo‘lgan 4 nafar shaxs kimlar bo‘lgani haqida ham hech qanday qo‘shimcha ma’lumot mavjud emas.

Yaqin Sharq nashrlari Isroil tomonidan so‘nggi hujum vaziyatni yanada keskinlashtirishini xabar bergan. Chunki oldinroq HAMAS rahbarlari Fuad Shukr va Ismoil Haniyalar “Mossad” tomonidan o‘ldirilishi oqibatida Eron va ittifoqchilarining Tel-Avivga nisbatan murosasizligi kuchaygan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilning G‘arbiy Sohilga qilgan hujumi oqibatida yana bir HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi