06:00 / 06.08.2024
255

Eron Isroilga tahdidlar ortidan o‘z havo hududini yopdi

Eron Isroilga tahdidlar ortidan o‘z havo hududini yopdi
Foto: Getty Images
Eron dunyo fuqaro aviatsiyasini yaqin kelajakda o‘z havo hududiga kirmaslikka chaqirdi. Ogohlantirish sabablari ma’lum emas, biroq, Eron rasmiylarining Isroilga hujum qilish haqidagi tahdidlari davom etayotgan bir paytda yuz berdi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) yozdi.

Bir kun avval AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Tehron yaqin 24-48 soat ichida Isroilga hujum qilishi mumkinligini aytgan edi.

Ushbu suhbat haqida ma’lumot bergan diplomatlardan biri so‘zlariga ko‘ra, Eronning Isroilga hujumi aprel oyidagi hujumga o‘xshash bo‘lishi kutilmoqda. Shu vaqtda Isroilga qarata yuzlab raketalar va dronlar uchirilgan edi.

Isroil har qanday hujumdan himoyalanishga va javob berishga tayyorligini bildirdi. AQSH Isroilni himoya qilishga yordam berishini aytdi.

WSJ ta’kidlaganidek, bunday ogohlantirish davlat aviatsiyasi organlari tomonidan muhim favqulodda ma’lumotlarni taqdim etish uchun qo‘llanadi va hech qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar yoki asoslarsiz fuqaro aviatsiyasi uchun parvozlar taqiqlanishini anglatadi.

O‘tgan haftada Tehronda HAMAS guruhining siyosiy rahbari Ismoil Haniya bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Eron bu jinoyatda Isroilni aybladi va qasos olish bilan tahdid qila boshladi. O‘z navbatida Isroil hodisaga izoh bermadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroilga tahdidlar ortidan o‘z havo hududini yopdi