08:08 / 07.08.2024
137

Yahyo Sinvar HAMASning yangi rahbari etib saylandi

Yahyo Sinvar HAMASning yangi rahbari etib saylandi
Foto: Global Look Press
HAMAS harakati Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniya o‘rniga siyosiy byuroga yangi yetakchi saylanganini e’lon qildi. Bu HAMASning harbiy qanotini boshqargan va G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarga mas’ul bo‘lgan Yahyo Sinvardir.

«HAMAS harakati shahid ketgan Ismoil Haniya o‘rniga komandir Yahyo Sinvarni siyosiy byuro rahbari sifatida e’lon qiladi», — deyiladi xabarda.

61 yoshli Yahyo Sinvar — HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchilaridan, tashkilot harbiy qanoti va ichki xavfsizlik bo‘linmasi asoschilaridan biridir. Isroil tomonidan uch marotaba hibsga olingan — 1982, 1985 va 1988 yillarda. 2011 yilda u SAXAL askari Gilad Shalitga almashilib, Isroil qamoqxonasidan ozod etilgan. 2015 yilda AQSH Sinvarni xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan.

Ismoiy Haniya 31 iyul kuni Eronning yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga borganida o‘ldirilgan. Suiqasd Isroil tomonidan AQSH hukumati ko‘magida rejalashtirilgan va amalga oshirilgani aytilmoqda. Haniya og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan jangovar kallakli qisqa masofaga uchuvchi snaryad yordamida o‘ldirilgani haqida xabarlar berildi.

Avvalroq The New York Times Haniya HAMAS va Eron rasmiy ma’lumotida aytilganidek raketa zarbasi yoki uchuvchisiz kurilma yordamida emas, u Tehronda tunab qolgan uyda bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgani haqida yozgandi. Britaniyaning Telegraph nashri ham bu versiyani quvvatlovchi yangi tafsilotlarni e’lon qildi.

Ingliz surishtiruvchilarining aniqlashicha, Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi to‘laligicha Isroil maxsus xizmati Mossad operatsiyasi bo‘lgan. HAMAS liderini o‘ldirish uchun Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi agentlari yollangan va ular yordamida Haniya tunagan xonaga bomba qo‘yishgan. May oyida yollangan agentlar Haniya tunab qolishi mumkin bo‘lgan uchta xonaga bomba qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yahyo Sinvar HAMASning yangi rahbari etib saylandi