Parij-2024. Indoneziya badmintonchilarining 53 ming yevrosini o‘g‘irlab ketishdi

Parij-2024. Indoneziya badmintonchilarining 53 ming yevrosini o‘g‘irlab ketishdi
Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga kelgan Indoneziya badminton terma jamoasi ichida 53 ming yevro bo‘lgan sumkani o‘g‘irlatib qo‘ydi. Bu haqda mamlakat badminton federatsiyasiga asoslanib Antara (Indoneziya) agentligi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, terma jamoa menejeri Armand Darmajiga tegishli ushbu sumkada, shuningdek, kredit kartasi va pasport ham bo‘lgan.

Darmaji Indoneziya elchixonasi va politsiyaga murojaat qilgan, biroq o‘g‘rilar topilmagan, deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar