Tarixdagi eng issiq oy «Yerdagi do‘zax» deya ataladigan joy – AQSHdagi O‘lim vodiysida qayd etildi. 2024 yil iyul oyida bu yerda o‘rtacha kunlik harorat Selsiy bo‘yicha 42,5 darajaga ko‘tarildi. Milliy bog‘lar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avvalgi rekord 2018 yilda o‘rnatilgan.
O‘tgan oyda O‘lim vodiysida o‘rtacha yuqori harorat 49,4 daraja bo‘lgan, to‘qqiz kun 51,7 daraja yoki undan yuqori, yetti kun esa 48,8 darajadan past bo‘lgan.
Eng yuqori harorat 7 iyulda qayd etilgan - 54 daraja Selsiy. Biroq, o‘tgan oyda o‘rtacha minimal harorat 35,1 darajani tashkil etdi, ya’ni hatto kechasi O‘lim vodiysida issiq bo‘lgan.
«Biz hozirgina Yer yuzidagi eng issiq joyda qayd etilgan eng issiq oyni boshdan kechirdik. Eng issiq 10 yilning oltitasi so‘nggi 10 yilda sodir bo‘ldi», — dedi park menejeri Mayk Reynolds.
Avvalroq Yerda qayd etilgan eng issiq kun 2024 yil 22 iyul bo‘lib, sayyora yuzasida global havo harorati plyus 17,15 darajaga yetgani ma’lum bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi