13:20 / 08.08.2024
240

Rossiya Kurskni himoya qilish uchun Afrikadan “Vagner”ni olib kelmoqda

Rossiya Kurskni himoya qilish uchun Afrikadan “Vagner”ni olib kelmoqda
Foto: smolnarod.ru
Rossiya hukumati Kursk viloyatini Ukraina hujumlaridan himoya qilish uchun Afrikada harbiy amaliyotlar o‘tayotgan “Vagner”ni mamlakatga qaytarmoqda. Bu haqda “Vagner”ga yaqin manbalarga tayanib, “Smolnarod.ru” nashri xabar berdi.

Rossiyalik harbiy muxbir Yegor Guzenko “Vagner” bilan bog‘liq xabarlarni tasdiqlagan. “Vagner” rahbariyatida yangi operatsiyaga kirishish borasida allaqachon tayyorgarlik ishlari boshlangani aytilgan.

Ixtisoslashgan manbalar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, eng tajribali “Vagner” jangchilari tez orada Kursk viloyatiga ko‘chiriladi. Bunday qaror Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyati chegarasiga intensiv hujum qilishga urinishlari fonida oliy qo‘mondonlik tomonidan qabul qilingan.

“Trinadsatiy” Telegram kanaliga ko‘ra, tarmoqda “Vagner” guruhi harbiy xizmatchilari Kursk viloyatiga ko‘chib o‘tayotgani haqida lavhalar paydo bo‘lgan. Ushbu lavhalardan ayrimlari kanalda ham joylangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya havo-desant kuchlarining 45-alohida elita gvardiyasi tarkibidagi maxsus maqsadli brigada ham hujum ostidagi Kurskka ko‘chgan. Kurskka qo‘shni viloyatlardan ham qo‘shin to‘plash boshlangan.

Rossiya rasmiylari mudofaa uchun chaqirilgan qurolli kuchlarning qay tartibda ishlashi haqida ma’lumot bermagan. Ayrim norasmiylar manbalar Kursk “tozalansa”, “Vagner” Ukraina ichkarisiga o‘tishi mumkinligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Kurskni himoya qilish uchun Afrikadan “Vagner”ni olib kelmoqda