96
Netanyaxu: “HAMAS yetakchilarining yo‘q qilinishi tinchlik kelishuviga erishish imkoniyatlarini oshiradi”
Foto: Google Images
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv tuzish ehtimoli ortganini aytib o‘tdi.
“HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘limidan keyin kelishuv imkoniyati yanada ortdi”, — dedi Isroil bosh vaziri Time jurnaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir kelishuvga to‘sqinlik qilgan “radikal elementlar” yo‘q. Shu bilan birga, Netanyaxu Isroilning HAMAS rahbarining o‘limiga aloqadorligi haqida izoh berishdan bosh tortdi.
Ismoil Haniya 31 iyul kuni Tehrondagi qarorgohida o‘ldirilgandi. U Tehronga Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning qasamyod qabul qilish marosimida qatnashish uchun kelgandi.
Eron mazkur voqeada Isroilni aybladi va Haniya o‘limi uchun qasos olishga va’da berdi.
Eronning Isroilga ehtimoliy zarbasida asosiy e’tibor harbiy bazalar, obyektlar, energetika infratuzilmasi va dengiz portlariga qaratilishi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi