10:37 / 10.08.2024
365

Ozod Rossiya forumi Ukrainaning Kursk viloyatiga kirib kelishi bo‘yicha bayonot berdi

Ozod Rossiya forumi Ukrainaning Kursk viloyatiga kirib kelishi bo‘yicha bayonot berdi
Foto: AP
2016 yilda Garri Kasparov va Rossiyaning «Birdamlik» demokratik harakatining sobiq ijrochi direktori Ivan Tyutrin tomonidan tashkil etilgan Rossiya muxolifati konferensiyasi – ozod Rossiya forumi boshqaruvi Ukraina qo‘shinlarining Rossiyaning Kursk viloyatidagi muvaffaqiyatlarini olqishladi. Kengashning 9 avgust, juma kuni e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishi «Ukrainaning g‘alabasiga umid uyg‘otadi».

«Biz Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga kirib borishini olqishlaymiz, bu bizga urushning borishi oldindan belgilanmaganligini ko‘rsatadi Endi tashabbus ukrainaliklarga o‘tdi, bu esa Ukrainaning urushda g‘alaba qozonishi nafaqat mumkin, balki anchagina ehtimoli katta ekaniga ham umid uyg‘otadi», — deyiladi hujjatda.

Bayonotda Ukraina Qurolli kuchlari «g‘arb davlatlaridan juda cheklangan qurol-yarog‘ yetkazib berish va jonli kuchning keskin tanqisligi sharoitida» muvaffaqiyatga erishgani alohida qayd etilgan. «Kursk viloyatida sodir bo‘layotgan voqealar muzokaralar zarurligini va 1991 yil chegaralariga qaytib bo‘lmasligini ta’kidlayotgan skeptiklarga eng yaxshi javobdir», - deya ta’kidladi rossiyalik muxolifatchilar.

«Mudofaa urushi»

Ozod Rossiya forumi kengashi harbiy harakatlar Rossiya hududiga o‘tkazilishini olqishladi. «Ukraina uchun bu urush mudofaa va ukrainaliklar o‘zlarining erkinliklari va mustaqilligini himoya qilish huquqiga ega. Harbiy harakatlarni tajovuzkor hududga o‘tkazish ularning qonuniy huquqidir», - deyiladi bayonotda.

Garri Kasparovning sheriklari Ukraina Qurolli kuchlarini «Putinga qarshi kurashda tabiiy ittifoqchilar» deb bilishlarini ta’kidladilar. «Bizning shiorimiz - «Ukraina uchun g‘alaba, Rossiya uchun erkinlik» - bu biz Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Federatsiyasi hududi bo‘ylab yurib, uni ozod qilganini ko‘rganimizda yangi ma’no kasb etadi», deb yozadi muxolifatchilar.

Ukraina qo‘shinlari bir necha kundan beri Rossiyaning Kursk viloyatida hujumkor operatsiya o‘tkazmoqda. Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari hozirda Rossiya Federatsiyasining 35 km chuqurlikdagi chegara uchastkasini nazorat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozod Rossiya forumi Ukrainaning Kursk viloyatiga kirib kelishi bo‘yicha bayonot berdi