Foto: EPA
Rossiya Kursk viloyatining Ukraina hujumiga uchragan hududlaridan 76 ming fuqaroni evakuatsiya qilgan. Bu haqda Rossiya mahalliy nashrlari tarqatgan xabarlarga asoslanib Reuters xabar berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi evakuatsiya dasturini davom ettirayotgani xabar berilgan. Fuqarolardan mahalliy hukumat ruxsatisiz yashash joylarini tark etmaslik so‘ralgan.
Manbada aytilishicha, Ukrainaning Kursk operatsiyasi 2022 yilda urush boshlanganidan beri Rossiya suveren hududiga uyushtirilgan eng yirik hujum hisoblanadi. Hujum davomida ukrain bo‘linmalari Kursk viloyatining turli qismlariga 10-20 kilometrgacha kirib borgani xabar qilingan.
Rossiya butun Ukraina urushida davomidagi eng katta evakuatsiyasini boshidan kechirayotgani aytilgan. Bir qator mahalliy hukumat vakillari ko‘chirilgan aholi soni hafta oxirigacha 100 mingdan oshishi mumkinligini taxmin qilgan.
“76 mingdan ortiq odam vaqtincha xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Vaziyat taqozo etsa, evakuatsiya davom etadi”, deya vaziyat haqida bayonot bergan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiysi.
Ukraina mahalliy manbalari Kurskdagi maxsus bo‘linmalar Rossiya gaz to‘plash va tarqatish tuzilmalariga zarbalar berganini ma’lum qilgan. Kursk viloyatining Sudja shahrida Ukraina orqali Yevropaga gaz uzatiladigan quvurlar tarmog‘i va ularning nazorat markazi joylashgan. Agar bu markazga shikast yetsa Rossiya uchun gaz eksporti to‘xtashi mumkinligi aytilgan.
Rossiya harbiy ma’muriyati Kurskda yuzlab ukrain askarlari o‘ldirilganini aytgan. Biroq aholi punktlari qaytarib olingani borasida hech qanday ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi