Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressga nomzod bo‘ladigan partiyadoshlarining saylovdagi reytingini buzmaslik uchun poygadan chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u 11 avgust kuni CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Bayden o‘zining tarixiy qarorini iyul oyi oxirida Tramp bilan munozaradan bir necha hafta o‘tib qabul qilgan edi.
«Biz o‘tkazgan so‘rovlar poyga tengma-teng ketayotganini ko‘rsatdi. Ammo, Vakillar palatasi va Senatdagi ko‘plab demokrat hamkasblarim poygada ularga zarar yetkazishim haqida o‘yladilar. O‘zim ham poygada qolishimdan, xavotirda edim. Bu [Kongress kampaniyasiga soya soladigan] masala bo‘lardi», dedi u.
Bayden, shuningdek, 2020 yilda birinchi marta saylovda qatnashganida o‘zini «o‘tish davri prezidenti» deb hisoblaganini tan oldi.
«Men necha yoshda ekanligimni ham ayta olmayman, buni ovoz chiqarib aytish men uchun qiyin (...) Shunday qilib, prezident bo‘lish katta sharaf bo‘lsa ham, men mamlakat oldidagi majburiyatim borligiga ishonaman. Eng muhimi — biz Trampni mag‘lub etishimiz shart, shart, shart», dedi u.
Iyun oxirida prezidentlik saylovi doirasida Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasidagi birinchi debat bo‘lib o‘tdi. Bayden munozarada jiddiy tarzda mag‘lub bo‘ldi, shundan so‘ng, hamkorlari uni saylovdan voz kechishga va istiqbolliroq nomzodga imkoniyat berishga chaqira boshladilar. Oxir-oqibat, deyarli bir oylik muhokamadan so‘ng, Bayden saylovdan voz kechdi. Keyinchalik u o‘z qarorini demokratlarning yosh avlodiga Amerika demokratiyasini saqlab qolish uchun yo‘l berayotgani bilan izohladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda