Foto: Daily Mail
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa USS Georgia atom submarinasini jo‘natish, shuningdek, Abraham Lincoln samolyotlar tashuvchi kemasini yo‘naltirishni tezlashtirishga buyruq berdi. Bu haqda Pentagon Ostin va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant o‘rtasidagi telefon suhbati yakuni bo‘yicha xabarida ma’lum qildi.
Aytilishicha, USS Georgia suvosti kemasi boshqariluvchi raketalar bilan ta’minlangan. Abraham Lincoln aviatashuvchisi esa mintaqaga F-35C qiruvchi samolyotlari bilan boradi. Qo‘shimcha qilinishicha, USS Theodore Roosevelt aviatashuvchisi ayni paytda Yaqin Sharqqa yetib kelgan.
Ostin va Galant G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil hududini himoyalash masalalarini muhokama qilishgan. Ta’kidlanishicha, Ostin o‘z ittifoqchisini himoya qilish uchun AQSH barcha zarur qadamlarni tashlashga shayligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)