Ukraina Qurolli Kuchlarining hujumi boshlanganidan bir hafta o‘tib, 28 ta aholi punkti ukrainalik harbiylari nazorati ostida qolmoqda, Kursk viloyati hududiga kirib borish 12 kilometr, hujum kengligi 40 kilometrni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi gubernator vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov. U bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda gapirgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan hafta boshida Ukraina harbiylarining Kursk viloyatiga bostirib kirishi haqida uchinchi bor izoh berdi. Chorshanba kuni u qisqacha Rossiya hududidagi janglarni «payshanba kuni keng ko‘lamli provokatsiya» deb atadi, u jang maydonidan evakuatsiya qilinganlarga 10 ming rubl miqdorida bir martalik to‘lovlarni va’da qildi.
Endi Putin «dushman kelajakda muzokaralardagi pozitsiyasini yaxshilashga intilmoqda», deya ma’lu qilgan. «Ammo biz tinch aholiga, fuqarolik infratuzilmasiga hujum qiladigan va atom energetikasi obyektlariga tahdid soladigan odamlar bilan qanday muzokaralar haqida gaplashishimiz mumkin?» - qo‘shimcha qildi u.
Bo‘layotgan voqealarning yana bir versiyasi - Ukrainaning qisman bosib olingan hududlarida «qo‘shinlar hujumini to‘xtatishdir», deydi u.
Ukraina Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiyaning chegaradosh viloyatlarida olib borgan operatsiyasi maqsadlarini rasman aytmaydi.
Putin rossiyalik harbiylar oldiga «dushmanni hududlardan siqib chiqarish va chegara xizmati bilan birgalikda davlat chegarasini ishonchli himoya qilishni ta’minlash» vazifasini qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi