06:33 / 13.08.2024
163

AQSH Maduroga prezidentlikdan voz kechishi evaziga amnistiya taklif qildi

AQSH Maduroga prezidentlikdan voz kechishi evaziga amnistiya taklif qildi
Foto: Reuters
Oq uy maxfiy muzokaralar davomida Nikolas Maduroga amnistiya evaziga Venesuela prezidenti lavozimidan ixtiyoriy ravishda voz kechishni taklif qildi. Bu haqda nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib, The Wall Street Journal (WSJ) deb xabar berdi.

Qo‘shma Shtatlarda Maduro va uning yuqori martabali sheriklari giyohvand moddalar savdosi, xususan, AQSHga kokain olib kirishda ishtirok etganlikda ayblangan.

Nashr manbalariga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Maduroga ekstraditsiya qilish maqsadida jinoiy javobgarlikka tortilmaslik kafolatini ham taqdim etishga va’da bergan. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Maduroga 2023 yilda Dohadagi maxfiy muzokaralar chog‘ida xuddi shunday shartlarda amnistiya taklif qilgan. Biroq o‘shanda Venesuela prezidenti hokimiyatdan muddatidan avval voz kechish shartlarini muhokama qilishdan bosh tortgan va shundan beri uning pozitsiyasi o‘zgarmagan.

9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Maduro Qo‘shma Shtatlardan “Venesuelaning ichki ishlariga aralashmaslikni” so‘ragan. Agar Vashington unga hurmat ko‘rsatsa, u bilan muzokaralarga ochiqligini ta’kidlagan.

Venesuelada prezidentlik saylovlari 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat hukumati nazoratidagi saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, ikki muddat prezidentlik qilgan Nikolas Maduroni saylovchilarning 51,2 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Biroq xalqaro kuzatuvchilarga saylovlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan.

Muxolifatga ko‘ra, saylov byulletenlari adolatli hisoblangan taqdirda muxolifat nomzodi Edmundo Gonsales saylovda taxminan 67 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonishi kutilgan. Maduroning raqiblari Venesuela bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov uchastkalaridan olingan byulletenlarning 80 foizdan ortig‘ini qo‘llab-quvvatlagan.

Qo‘shma Shtatlar muxolifat nomzodi Edmundo Gonsalesni saylov g‘olibi deb rasman e’lon qilgan. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Venesuela hukumatini “Venesuela saylov qonunlari va xalqining xohish-istaklariga muvofiq hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazish bo‘yicha munozaralarni boshlashga” chaqirgan.

Yevropa Ittifoqi saylov protokollarini xalqaro tan olingan organ tomonidan mustaqil ko‘rib chiqishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Maduroga prezidentlikdan voz kechishi evaziga amnistiya taklif qildi