Foto: NASA
Olimlar Marsdagi tog‘ jinslari qatlami ostida suyuq holatdagi suv zaxirasini aniqlashdi. Bu haqda BBC nashri NASA bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Manbada aytilishicha, zuv zaxirasini NASA'ning Mars Insight Lander kosmik mashinasi aniqlagan. Ushbu qurilma 2018 yildagi kosmik missiya doirasida qizil sayyoraga yuborilgan edi.
Mars Insight Lander uzoq muddat davomida tuproq va tog‘ jinslari qatlamini tahlil qilgan. Qurilmaga maxsus seysmometr joylashtirilgan bo‘lib, u yaqin-atrofdagi suv zaxirasi tebranishi chastotasini tutib olishga mo‘ljallangan.
Foto: NASA
Seysmometr tog‘ jinslari qatlami ostida “seysmik signallar”ni qayd etgan. Odatda bu kabi signallar suyuq holatdagi suv qalqishi yoki tebranishi oqibatida hosil bo‘ladi.
Ancha yillar oldin Mars qutblarida muzlagan suv va atmosferasida suv bug‘i borligi aniqlangan edi. Ammo suyuq holatdagi suv aniqlanmagan. Yangi topilma Marsda ichimlik suvining agregat holati haqidagi farazlarni o‘zgartirishi mumkin.
So‘nggi topilmalar Preceeding of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan. Manbada 2022 yil dekabridan keyin olib borilgan o‘rganishlar batafsil yoritiladi va “Mars pulsi” haqida ko‘plab dalillar taqdim etiladi.
Manbada aytilishicha, suyuq suv zaxirasi Mars yuzasidan 10-20 kilometr chuqurlikda joylashgan. Mars po‘stlog‘i harakatchan bo‘lib, qurilmalar unda 2022 yildan beri 1319 ta zilzila qayd etgan. Zilzila kuchi esa suv depotini tebratgan.
Tadqiqotchilar aniqlangan suv tarkibi borasida o‘rganish olib borilayotganini xabar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”