Arxiv foto: Getty Images
Yaponiya hukumati mamlakatda so‘nggi yuz yillikdagi eng yirik zilzila yuz berishiga tayyorlanmoqda. Bu haqda mahalliy yapon nashrlariga tayanib, CNN xabar berdi.
Manbada aytilishicha, 8 avgust kuni Yaponiyaning g‘arbiy qismlarida ro‘y bergan zilzila hukumatni seysmologiya xulosalariga diqqat qaratishga undagan. Mutaxassislar so‘nggi zilzila o‘ta yirik yer qimirlashining birinchi ishora ekanini ma’lum qilgan.
Mamlakat janubiy prefekturalarida aholidan favqulodda vaziyatga tayyorgarlik ko‘rish so‘ralgan. Zilzila istalgan paytda ro‘y berishi, u o‘zi bilan sunami olib kelishi mumkinligi davlat telekanallarida ko‘p bora aytilgan.
Mamlakat miqyosida yaqinlashib kelayotgan xavf tufayli poyezdlar harakati sekinlashtirilgan. Ommaviy tadbirlar cheklangan. Fuqarolardan tog‘li hududlarga sayohatlarni kechiktirish so‘ralgan.
Yaponiyaning Kobe universiteti professori Shoichi Yoshioka Yaponiya ostida joylashgan to‘rtta yer plitasida bir paytda qo‘zg‘alish ro‘y berishi mumkinligini aytgan. Agar bu ro‘y bersa, Okinava orolidan to Saxalinga qadar tebranish sodir bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar zilzila tektonik plitalar to‘qnashgan Nankay chuqurligi ustida ro‘y berishini taxmin qilishgan. Birlamchi taxminlarga ko‘ra, zilzila kuchi kamida 9,1 ball bo‘lishi mumkin.
Yaponiyada “asr zilzilasi”ga favqulodda tayyorgarlik ko‘rish boshlangan. Eski va yaroqsiz binolar holatini tekshirish va ularni buzib tashlash boshlangan,
Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyada so‘nggi eng yirik zilzila 2011 yilda kuzatilgan Toxoku yer silkinishi bo‘lgan. O‘shanda zilzila magnitudasi 9,1 ballga yetgan. Silkinish va u olib kelgan talafotlar, shuningdek, sunami oqibatida 20 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”